Bloger Farhod Mannopovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Marhumga xizmat ko‘rsatgan Star Med Center’ning ikki shifokori kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaganlikda aybdor deb topildi. Ularga muayyan huquqdan mahrum qilib 5 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Yakkabog‘ tumanida yashovchi 59 yoshli erkak mast holda rashk sabab xotiniga benzib sepib, uni yoqib yubordi. Ayol og‘ir darajadagi kuyish jarohatini oldi, uning hayoti saqlab qolindi. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi sirop laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilmaganini tan oldi. Uning aytishicha, 12 yillik faoliyati davomida Dori vositalari ekspertizasi davlat markazida biror marta ham dorilar tekshirilmagan, Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar esa e’tiroz ham bildirmagan.
Farmatsevtika agentligining sobiq xodimi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda agentlik sobiq rahbari ikkita kompaniyaga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berganini aytdi. Amaldor esa buni inkor qilib, hujjatga bilmasdan imzo qo‘yib yuborgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
17 mart kuni Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida qatnashganlikda gumonlangan yana 39 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. Ularning 28 nafariga 5 yildan 11 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. 11 nafar ayblanuvchi esa shartli ravishda sud zalidan ozod qilindi.
Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya a’zolari sud raisidan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan insonparvarlik tamoyillari asosida, adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.
O‘tgan yozda Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilingan yana 39 nafar fuqaro ustidan Buxoroda sud jarayoni boshlandi. Ular orasida bank huquqshunosi, advokat, jurnalistlar, haydovchilar, ishsizlar va boshqalar bor. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Qoraqalpog‘iston voqealari ishi yuzasidan aybli deb topilgan va shartli ravishda ozod qilingan Lolagul Kallixanova o‘zining eng katta xatosi, «Exo-kamera»ga qanday tushib qolgani va chiqib keta olmagani, qolaversa, sud faoliyati haqida so‘zlab berdi.
Adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani va $303 mlnlik mablag‘ni qaytarib olishi mumkinligiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hali yakuniga yetmadi va O‘zbekiston tomoni Shveysariya organlari bilan tegishli choralarni ko‘rmoqda.
Prezident qarori bilan arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatish taqiqlanadi. Bu holatla arizalar ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan sudga o‘tkaziladi. Qolaversa, ma’muriy sudlarning qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdorlari jarimaga tortiladi.
Marhum xodimning otasi nafaqa pullarini talab qilib, Bosh prokuratura ustidan apellyatsiya shikoyati kiritgani ma’lum qilingandi. Ish Toshkent shahar FIB sudlov hayatida ko‘rib chiqildi va marhumning otasi boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega emasligi aniqlandi. Ish birinchi instansiya sudiga marhumning turmush o‘rtog‘i ishtirokida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Aprel oyida vafot etgan Bosh prokuratura xodimi Samir Rahmonovning otasi qonunda belgilangan tartibda nafaqa pullari to‘lab berilmaganini ma’lum qildi. Shu sabab marhumning otasi Bosh prokuratura ustidan sudga murojaat qildi. Biroq, FIB Mirobod tuman sudi da’vo arizasini rad qildi. Da’vogar esa sudga apellyatsiya shikoyatini kiritgan.
“So‘x voqealari” bo‘yicha navbatdagi sud majlisida besh nafar jabrlanuvchi va bir nafar guvohning ko‘rsatuvi tinglandi. “Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Lekin voqea joyida ularning hech birini ko‘rmaganman”, — dedi guvoh. Jabrlanuvchilarning ikki nafari esa ayblanuvchilarni voqea joyida bo‘lmaganini, ulardan shikoyati yo‘qligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting